Toshkentda ommaviy sayyor sud qabuli oʻtkazildi
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbariyati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Unda Toshkent shahar va Toshkent viloyat sudlari rahbariyati, sudyalar hamda masʼul xodimlar ham ishtirok etib, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va har bir masalaga aniq huquqiy yechim topishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida 854 ta ish boʻyicha 1 279 nafar murojaatchi qabul qilindi.
403 ta shikoyat (ariza) qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun qabul qilinib, 410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Murojaatlarning 41 tasi qabul jarayonining oʻzida ijobiy hal etildi.