Özbekistonda töqqiz oyda 385 nafar şaxs oqlandi

Asosiy rasm

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida jinoyat işlari böyiça sudlar 78 739 nafar şaxsga nisbatan 64 902 ta jinoyat işini körib çiqdi. Bu haqda Oliy sud ma’lum qildi.

Hisobot davrida 385 nafar şaxs, jumladan, 161 nafar qatağon qurboni oqlanib, reabilitatsiya qilingan. Yaraşuv instituti qöllanilişi natijasida yana 18 844 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Sudlanganlar soni 57 376 nafarni taşkil etgan. Ularning 18 026 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 38 737 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan, 613 nafari şartli hukm qilingan.

Ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangani sababli 6 377 nafar şaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan. Şuningdek, 13 938 nafar şaxsga nisbatan dastlabki tergovda asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarilgan yoki qayta malakalangan.

Körilgan işler orasida firibgarlik, oğrilik, transport xavfsizligi qoidalarini buziş, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar va tan jarohati yetkaziş holatlari köp uçragan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring