Talabalar to‘lov-shartnomasini onlayn olishlari mumkin
Talabalar to‘lov-shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz tizimi orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin.
Ariza oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangach, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani tizim orqali yuklab olish mumkin.
Shuningdek, shartnoma uchun arizani “Kontrakt EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish imkoniyati mavjud.
Ilova iOS va Android qurilmalarida mavjud.