Sietlda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasman ochildi
AQSHning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman faoliyat boshladi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi Komil Allamjonov ma’lum qilishicha, bu O‘zbekistonning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi birinchi konsullik muassasasi hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yangi Bosh konsulxonaning ochilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Konsulxona faoliyati doirasida savdo, investitsiya, texnologiyalar, ta’lim va xalqlararo aloqalarni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.