2027/2028-o‘quv yilidan “Umumiy tibbiyot” 6 yillik bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilindi

Asosiy rasm

2027/2028-o‘quv yilidan “Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda.

Yangi dasturga ko‘ra, talabalar besh yillik ta’limdan so‘ng yana bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining bilim va amaliy tayyorgarligini mustaqil baholash tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr shakllantirilishi rejalashtirilgan. U 16 ta axborot bazasi bilan integratsiya qilinib, mutaxassisning ta’limi, malakasi va kasbiy faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir tizimda jamlaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tishni 2027-yildan ixtiyoriy, 2030-yildan esa majburiy tartibda joriy etish taklif qilinmoqda. Keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tmagan mutaxassis tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.

Yangi tizimga ixtiyoriy ravishda ertaroq qo‘shilgan xodimlarni rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, davlat ro‘yxatiga kiritilgan oliy ma’lumotli shifokor va farmatsevtika xodimlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga esa 2,5 baravarigacha ustama to‘lash taklif etilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring