Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

Asosiy rasm

Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichda rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, global masalalar bo‘yicha umumiy yondashuvlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyida ham bo‘ldi. U muzey Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettirishini va mamlakat bosib o‘tgan murakkab yo‘l hamda ulkan o‘zgarishlar haqida keng tasavvur berishini ta’kidladi.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring