O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport vositalari:
– Toshkent shahri – 637 706 ta;
– Farg‘ona viloyati – 573 472 ta;
– Samarqand viloyati – 563 072 ta;
– Toshkent viloyati – 476 148 ta;
– Qashqadaryo viloyati – 457 457 ta.
Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 110 122 ta qayd etilgan.
Shu tariqa, O‘zbekistonda aholiga tegishli avtotransport vositalari soni 5 millionlik chegaraga yaqinlashdi.