“Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda chuqur hurmat va mehr qozongan” – Ilhom Aliyev
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23–24 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif arafasida Ilhom Aliyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikki mamlakat qardoshligi, birligi va ittifoqchiligini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyati Ozarbayjonda unga nisbatan chuqur hurmat va mehr uyg‘otgan.
Ozarbayjon Prezidenti mamlakatning ozod etilgan hududlarida olib borilayotgan tiklash va bunyodkorlik ishlariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun O‘zbekiston xalqiga va Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.