Umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Asosiy rasm

Umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Yangi hujjatlar ta’lim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Jamoatchilik muhokamasi 15 kun davom etadi.

Shu vaqt mobaynida soha mutaxassislari, pedagoglar, ota-onalar va boshqa fuqarolar dts.rtmuzedu.uz platformasi orqali o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirishlari mumkin.

Muhokama yakunlari bo‘yicha bildirilgan asosli takliflar loyiha hujjatlarini yanada takomillashtirishda inobatga olinadi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring