O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Turkiyaning yetakchi media tuzilmalari bilan memorandum imzoladi

Asosiy rasm

Turkiyaning Balikesir shahrida “Madaniyat yo‘nalishidan raqamli kelajakka: madaniyatlar, media va sun’iy intellekt” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Turkiya media tuzilmalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar yakunida O‘zbekiston va Turkiya media tuzilmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatlarni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi Shuhrat Oripov, Turkiya Jurnalistlar federatsiyasi raisi Yilmaz Karaja va Turkiya Internet Media Birligi boshqaruvi raisi Suleyman Basa imzoladi.

Hamkorlik doirasida jurnalistlar delegatsiyalari almashinuvi, mahalliy matbuotni rivojlantirish tajribasini o‘rganish, raqamli jurnalistika, sun’iy intellekt va media savodxonlik bo‘yicha qo‘shma seminarlar o‘tkazish, jurnalistlar malakasini oshirish hamda xalqaro mediaforumlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.




.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring