Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari e’lon qilindi
Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
Talabgorlar o‘z natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishlari mumkin.
Shuningdek, imtihon natijalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining ariza.piima.uz platformasida ham joylashtirilgan.