2026/2027-o‘quv yili uchun mandat e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.
Natijalarni 3 xil usulda bilish mumkin:
– my.uzbmb.uz saytida abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali;
– mandat.uzbmb.uz saytida abituriyentning ID raqamini kiritish orqali;
– oliy ta’lim muassasalariga taqdim etilgan test natijalari qaydnomasi orqali.