Akademiya magistraturasiga kirish testlari 18-avgust kuni o‘tkaziladi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 18-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

– birinchi smena – soat 09:00 da;

– ikkinchi smena – soat 15:00 da.

Test sinovida ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-kartani olib kelish shart.

Shuningdek, belgilangan tartib-taomillardan o‘z vaqtida o‘tish uchun talabgorlar test boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998 71 239 12 98
+998 71 239 49 02

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring