Respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tozalik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Asosiy rasm

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 28-iyulidan 6-sentyabriga qadar respublika boʻylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Tasdiqlangan reja asosida Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan keng koʻlamli amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ekologik tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Agentlik, hududiy boshqarmalar hamda tizimdagi tashkilotlarda maxsus shtablar tashkil etilgan. Shuningdek, har bir hududiy boshqarmaga mas’ul xodimlar biriktirilib, navbatchilik tizimi hamda tadbirlarning bajarilishi ustidan kunlik monitoring yoʻlga qoʻyilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring