Saida Mirziyoyeva: Bosh prokuratura Toshkentdagi qurilish obyektlarini toʻliq tekshiradi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalla aholisi tomonidan ekilgan daraxtlar kesilgani, bolalar maydonchasi oʻrnida esa biznes markazi qurilishi rejalashtirilayotgani maʼlum boʻldi.

Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, poytaxtdagi ayrim qurilishlar oqibatida umumiy hovlilar, bolalar va sport maydonchalari yoʻqolib bormoqda.

Uning maʼlum qilishicha, Bosh prokuratura Toshkent shahri boʻyicha bunday obyektlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazadi. Shuningdek, qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik meʼyorlariga hamda aholi huquqlariga qay darajada rioya etilgani tekshiriladi.

Qayd etilishicha, qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, masʼul shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi, zarur hollarda ular jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring