Avgust oyida harorat pasayadi, yogʻingarchilik meʼyordan koʻp boʻlishi kutilmoqda
Oʻzgidromet prognoziga ko‘ra, avgust oyida Oʻzbekistonda havo harorati iyul oyiga nisbatan 1,5–2,5 darajaga pasayadi.
Respublikaning aksariyat hududlarida o‘rtacha maksimal havo harorati +35…+37°C, janubiy va cho‘l hududlarida esa +38…+40°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, oylik yog‘ingarchilik miqdori respublikaning ayrim hududlarida me’yordan ko‘p, ayrim joylarda esa me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Biroq, Oʻzgidromet avgust oyida yog‘ingarchilikning ko‘p yillik me’yori juda kam ekanini ham eslatdi.