Ertadan havo harorati pasaya boshlaydi

Asosiy rasm

Ertadan boshlab O‘zbekistonda havo harorati pasaya boshlaydi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi havo harorati 40–43 daraja, janubda ayrim joylarda 45–47 darajagacha, shimolda esa 34–39 daraja bo‘ladi.

Ish haftasining oxirigacha kechasi havo harorati 20–25 darajagacha, kunduzi 32–37 darajagacha, ayrim joylarda esa 30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi havo harorati 41–43 daraja, ertaga kechasi 25–27 daraja, kunduzi 36–38 daraja bo‘ladi. 22–24-iyul kunlari esa kechasi 20–23 darajagacha, kunduzi 31–34 darajagacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, tog‘li hududlarda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring