Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida kuchli do‘l yog‘di

Asosiy rasm

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 2026-yil 23-iyul kuni kuchli do‘l yog‘di.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni Qirg‘iziston hududidan kirib kelgan konvektiv do‘l bulutlari sababli qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish maqsadida 12:29–12:34 oralig‘ida do‘l jarayonli bulutlarga qarshi ta’sir choralari amalga oshirilgan.

Shu vaqt davomida 18 ta “Alazan-6” do‘lga qarshi raketasi uchirilgan. Jumladan, 1-, 3- va 4-sonli texnologik kuzatuv punktlari orqali Iskovot, Yangihayot, Hadikent, Bog‘iston va O‘rtayalong‘och hududlari yo‘nalishida raketalar qo‘llanilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring