4–5-noyabrda ayrim hududlarda sel va suv toshqini kuzatilishi mumkin
O‘zgidromet kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi haqida ogohlantirdi.
Xavf quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Qashqadaryo viloyati – Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
Samarqand viloyati – Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
Navoiy viloyati – Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
Jizzax viloyati – Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
Toshkent viloyati – Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari;
Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
Farg‘ona viloyati – So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq hududlari;
Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari, Xonobod shahri.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ham mumkin.