Navoiy temir yo‘l vokzali rekonstruksiya qilinmoqda

Asosiy rasm

Navoiy viloyatida temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sohada malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Navoiy temir yo‘l vokzalida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida vokzal infratuzilmasini yangilash, zamonaviy me’moriy yechimlarni joriy etish hamda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi Navoiy signalizatsiya va aloqa masofasida “MPS Turon” o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Markazda mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan MPS Turon, MPAB Turon, DS Turon va MAPS Turon signalizatsiya hamda avtomatika tizimlarini amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, mazkur texnologiyalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring