Sherzod Kudbiyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etmoqda

Asosiy rasm

2026-yil 16–17-iyul kunlari Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi 102-yalpi yig‘ilishda barcha uchun barqaror urbanizatsiyani ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Mazkur sessiyada Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etmoqda.

Sherzod Kudbiyev o‘z nutqida dunyo aholisini uy-joy bilan ta’minlash sohasida mavjud muammolarga to‘xtalib, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring