O‘zbekistonda Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga xalqaro ta’lim standartlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlar taqdim etildi.

Jumladan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Unda ta’lim jarayoni Buyuk Britaniyaning Northumbria va Hertfordshire universitetlari dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy maktabga akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillik berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, maktab, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydigan “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2” va “3+1” kabi ta’lim modellari ko‘rib chiqildi.

Mazkur yondashuvga ko‘ra, 9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Texnikum bitiruvchilari esa qisqartirilgan dasturlar asosida universitetda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, dunyoning nufuzli universitetlariga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi oliygohlarda birinchi kurs yoki Foundation dasturida o‘qish xarajatlarini qoplab berish mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek, yetakchi xorijiy oliygohlar joylashadigan Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring