Fransiyaning yirik kompaniyalari O‘zbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qilish uchun Toshkentga keldi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yirik sanoat kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Orano” direktorlar kengashi raisi Klod Imoven boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida energetika, transport, suv ta’minoti, ta’lim va shahar infratuzilmasi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring