O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
Jumladan:
2026–2030-yillarda savdo-iqtisodiy hamda ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi;
2005-yil 19-yanvardagi “Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida”gi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
Belarus Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi bitim hamda boshqa hujjatlar.