Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

Asosiy rasm

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish imkoniyati yaratildi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetning «Fanlar majmuasi» bo‘limidan yuklab olish mumkin.

Shuningdek, tizimga kirmasdan, my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasiga pasport seriyasi, raqami va JShShIR ma’lumotlarini kiritish orqali ham ruxsatnomani yuklab olish mumkin.

Abituriyentlar test sinovlariga faqat pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan hamda belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi bilan kelgan yoki imtihonga kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring