O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan har uchinchi avtomobil – Cobalt
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 190 480 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga oshgan.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Cobalt – 69 302 dona;
Damas – 35 269 dona;
Tracker – 18 519 dona;
Onix – 15 157 dona;
KIA – 11 128 dona;
BYD – 10 120 dona;
Haval – 4 038 dona;
Chery – 3 156 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 23 791 dona.
Shunday qilib, joriy yilning dastlabki besh oyida mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchinchi yengil avtomobil Cobalt rusumiga to‘g‘ri kelgan.