“Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi 15-iyuldan boshlanadi
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi.
Ma’lum qilinishicha, jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- 15-iyul – 3-avgust – loyihalarni kiritish;
- 4–18-avgust – loyihalarni saralash;
- 19–21-avgust – targ‘ibot bosqichi;
- 22–31-avgust – ovoz berish bosqichi;
- 1–10-sentyabr – qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi.
Shuningdek, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, g‘olib loyihalar 1-sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.