“Mustaqillik to‘yi” festivali O‘zbekiston bo‘ylab davom etmoqda

Asosiy rasm

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan “Mustaqillik to‘yi” festivali O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda.

Qayd etilishicha, eng olis va chegara hududlaridan tortib, Yangi O‘zbekiston massivlarigacha bayramona muhit, ko‘tarinki kayfiyat va ezgu g‘oyalar aholini birlashtirmoqda.

Xususan, Navoiy, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarining tuman hamda shaharlarida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar yurtdoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Festival doirasidagi tadbirlar yurtimizda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, mustaqillikning beqiyos ahamiyatini keng targ‘ib etish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda milliy qadriyatlar va boy ma’naviy merosni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Mustaqillik to‘yi” festivali yagona Vatan, yagona xalq va umumiy kelajak g‘oyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgan yirik ma’naviy-ma’rifiy maydonga aylanmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring