“Maromiylik” umummilliy harakati navbatdagi bosqichga o‘tmoqda
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoshlar orasida ixcham va mazmunli marosimlar, ongli iste’mol hamda mas’uliyatli hayot tarziga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, ayrim qarorlarni qabul qilishda hanuzgacha “Odamlar nima deydi?” degan ijtimoiy bosimning ta’siri saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Mutaxassislar fikricha, jamiyatda maromiylik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikning oldini olish hamda ongli hayot tarzini ommalashtirish bu boradagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.