Prezident Shavkat Mirziyoyevning asari Garvard universiteti kutubxonasiga taqdim etildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga safari doirasida Garvard universiteti kutubxonasiga davlat rahbarining ingliz tilida chop etilgan «Yangi O‘zbekistonning “yashil” taraqqiyot yo‘li» kitobi topshirildi.

Shuningdek, «Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi», «Mustaqillik zafarnomasi» hamda «Yangi O‘zbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori» kitob-albomlari ham taqdim etildi.

Delegatsiya tarkibida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Barqaror rivojlanish markazi, Toshkent shahar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash markazi va Xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillari bo‘lgan.

Garvardning noyob kitoblar va qo‘lyozmalarga ixtisoslashgan Houton kutubxonasi vakili Kristina Jeykobson ushbu nashrlar xalqaro ilmiy muhitda O‘zbekiston haqidagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring