Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mazkur yuksak mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili davlatimiz rahbariga topshirdi.

Turli yillarda ushbu yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya qiroli Abdulla II, Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boshqa nufuzli davlat arboblari taqdirlangan.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring