Respublika bo‘ylab “yashil” texnikumlarga o‘qituvchilar tanlovi e’lon qilindi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi “Green University” huzurida tashkil etilayotgan texnikumlar uchun pedagog kadrlarni tanlash jarayoni boshlandi.
O‘qituvchilar ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya, IT, gidrometeorologiya, o‘rmonchilik, agronomiya, veterinariya, dron texnologiyalari hamda boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritishi mumkin.
Nomzodlarga munosib mehnat sharoitlari, zamonaviy o‘quv bazasi, malaka oshirish imkoniyatlari hamda sohaviy loyihalarda ishtirok etish imkoniyati taklif etilmoqda.
Murojaat uchun:
+998 (55) 512-00-77
hr@greenuniversity.uz
jjauzb7@gmail.com