Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
«Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim. Davlatlarimizni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli sheriklik munosabatlari bog‘lab turadi. Kelgusida har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan yana ko‘plab tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishimizga ishonaman», – deyiladi Saida Mirziyoyeva xabarida.