O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshdi

Asosiy rasm

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 39 047 321 kishini tashkil etgan.

Avvalgi joriy statistik hisob-kitoblarda ushbu ko‘rsatkich 38 236 704 nafar etib qayd etilgan bo‘lib, yangi ma’lumotlar bilan solishtirganda farq 810,6 ming kishini tashkil qilmoqda.

Mutaxassislar qayd etishicha, 1989-yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan O‘zbekiston aholisi soni qariyb ikki barobarga oshgan.

Mazkur ko‘rsatkich mamlakatda demografik o‘sish sur’atlari izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring