Prezident topshirigʻidan soʻng Andijonda rekonstruksiya ishlari boshlandi

Asosiy rasm

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan Andijon viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar yakunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Shundan soʻng davlat rahbari topshirigʻi bilan Andijon shahridagi magistral ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini rekonstruksiya qilish uchun 98,9 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Amaliy ishlar 26-iyundan boshlab yoʻlga qoʻyildi. Loyiha doirasida 60 dan ortiq maxsus texnika hamda 200 nafardan ortiq mutaxassis jalb etilgan.

Rekonstruksiya ishlari hududning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda oqova tizimlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring