O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 9 yoshga oshgan. So‘nggi yillarda aholi umr ko‘rish davomiyligida barqaror o‘sish kuzatilmoqda.
Yillar kesimida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi quyidagicha shakllangan:
- 1991-yil – 66,4 yosh
- 1995-yil – 69,1 yosh
- 2000-yil – 70,8 yosh
- 2005-yil – 71,8 yosh
- 2010-yil – 73 yosh
- 2015-yil – 73,6 yosh
- 2020-yil – 73,4 yosh
- 2024-yil – 75,1 yosh
- 2025-yil – 75,4 yosh