Shavkat Mirziyoyev Toni Bler bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Toni Bler Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuqori baho berdi. Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani qayd etildi.
Tomonlar iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish, shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy etishni kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgiladilar.