Hududlarni rivojlantirishda ilmiy yondashuv kuchaytiriladi
Hududlarni rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish maqsadida 14 ta “aql markazi” Namangan misolida yangi ish uslubiga o‘tadi.
Mazkur markazlar tuman va shaharlarda iqtisodiy diagnostika o‘tkazib, mehnat unumdorligi, investitsiyalar sifati, kooperatsiya, biznes faolligi hamda qo‘shimcha qiymat zanjirlari bo‘yicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlaydi.
Mutasaddilarga 1-sentabrga qadar har bir tumanning sanoat salohiyatini to‘liq o‘rganib, tahlillar natijasiga ko‘ra yangi rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, “aql markazlari” tomonidan tayyorlangan har bir ilmiy ish amaliyotga joriy etilishi, hududlar va tarmoqlar rivojiga xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.