1-sinfga qabul boshlandi: arizalarni my.maktab.uz va my.gov.uz orqali topshirish mumkin

Asosiy rasm

Yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Ota-onalar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalarni onlayn tarzda my.maktab.uz hamda my.gov.uz platformalari orqali topshirishlari mumkin.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar tug‘ilganda, fuqarolar 71-203-07-04 va 71-203-04-03 raqamli call-markazlar orqali yoki Telegram’dagi @mymaktabuz_bot boti yordamida zarur ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar mikrohudud doirasida 1-sinfga qabul jarayonlari amalga oshiriladi. Ota-onalardan belgilangan muddatlarda ariza topshirish tavsiya etiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring