Toshkentda “Volkswagen” avtomobillarini yig‘ish zavodi qurilishiga start berildi

Asosiy rasm

Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladilar.

Ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun grant mablag‘lari ajratish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari huzurida qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga start berildi. Ular orasida Toshkent shahrida “Volkswagen” avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarish, temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish loyihalari mavjud.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring