Amazon O‘zbekistonga sun’iy yo‘ldosh internetini olib kiradi

Asosiy rasm

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida AQSHning Amazon Leo kompaniyasi hamda “UZ-SAT” MCHJ QK o‘rtasida O‘zbekiston hududida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i foydalanuvchilarga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etadi. Bu xizmatlardan nafaqat shaharlarda, balki telekommunikatsiya infratuzilmasi cheklangan yoki mavjud bo‘lmagan olis va borish qiyin hududlarda ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun, Amazon Leo tizimi o‘zaro yuqori tezlikdagi optik aloqalar bilan bog‘langan hamda yer ustidagi xavfsiz global shlyuz stansiyalari, tolali-optik tarmoqlar va internet ulanish nuqtalari bilan integratsiyalashgan 3 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldoshlar guruhi asosida faoliyat yuritadi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring