Markaziy Osiyodagi ilk lyuks poyezd – “Samarkand Express” loyihasi bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Markaziy Osiyodagi birinchi lyuks poyezd – “Samarkand Express” loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.
Bitimni “Arsenale International” bosh direktori Raffaele Breschi, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Raxmetov imzoladi.
Hujjat O‘zbekistonning madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beradi. Yangi hashamatli poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘lab, xalqaro sayyohlar uchun mamlakatning tarixiy merosi hamda Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlarini kashf etishning yangi imkoniyatini yaratadi.