Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQSHning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AQSH Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSH–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda “Air Products”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investments”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Davlat rahbari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Xususan, muhim minerallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalar sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

AQSH kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni yuqori baholab, istiqbolli tashabbus va takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring