O‘zbekiston va Albaniya prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi

Asosiy rasm

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Albaniya Prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Prezidenti Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga yetkazib berishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres porti imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldilar.

Shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo komissiya tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarining mustahkamlanib borayotganini yana bir bor tasdiqladilar.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring