Xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi

Asosiy rasm

Hukumatning 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu sohadagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Ariza beruvchilar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Agentlikning maxsus elektron platformasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishi mumkin.

Arizani rad etish uchun quyidagi holatlar asos bo‘ladi:
– zarur hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
– noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlansa;
– belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan bo‘lsa.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar har yili 15-iyuldan 6-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki maxsus platforma orqali xabar yuboriladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida ariza beruvchiga taqdim etiladi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

O'xshash maqolalar topilmadi.

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring