Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vaziri o‘rinbosari David Fogel bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vaziri o‘rinbosari David Fogel bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashdi.
“Hozirda Amerika biznes doiralari mamlakatimizdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu e’tibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqot va amaliy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotgan Amerika–O‘zbekiston Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati alohida ko‘rib chiqildi.