Raqobat qömitasi kömir narxlari va ustamalarning asosliligini örganadi
Kömirni iste’molçilarga yetkazib berişda qöllanilayotgan narxlar va xarajatlarning iqtisodiy asoslanganligi örganiladi.
Xususan, ustun mavqega ega korxonalar qazib çiqargan kömir narxini raqobat şaroitida şakllanadigan narxdan asossiz yuqori belgilamasligi nazorat qilinadi.
Aholi va budjet taşkilotlariga kömir yetkazib beruvçi tadbirkorlarning birjada sotib olgan mahalliy kömirga ortiqça ustama va xarajatlar qöllamasligiga ham e’tibor qaratiladi. Şuningdek, kömir bozorida iqtisodiy konsentratsiya böyiça davlat nazorati amalga oşiriladi.
Uşbu vazifalar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarorida belgilangan. Qonunçilikka zid holatlar aniqlansa, tegişli çoralar köriladi.