Dorilarga boşqa preparatlarni majburan qöşib sotiş böyiça şikoyatlar köpaymoqda
Ayrim importyor va ulgurji distribyutorlar talab yuqori bölgan dorilarni sotib olişda buyurtma berilmagan boşqa preparatlarni ham xarid qiliş şartini qöyayotgani haqida şikoyatlar kelib tuşmoqda. Raqobat qömitasi uşbu holatlarni örganmoqda.
Qömitaga köra, bunday şartlar kiçik tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazişi, faoliyatini çeklaşi va raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Joriy yilning töqqiz oyida Özbekistonga 305 ta korxona dori vositalarini import qilgan. Importning 47,2 foizi beşta importyor hissasiga töğri kelgan.
Qömita raqobatçilar tovarlarini xarid qiliş yoki sotişni taqiqlaş va çeklaş kabi qonunbuzilişlar uçun moliyaviy sanksiyalar qöllanilişi mumkinligini eslatdi. Sanksiya huquqbuzarlik sodir etilgan davrda, biroq oxirgi uç yildan ortiq bölmagan muddatda tovarlarni sotişdan olingan tuşumning 5 foizi miqdorida belgilangan.
Boşqa preparatlarni majburan xarid qiliş şarti qöyilgani aniqlanib, bu raqobat qonunçiligining buzilişi deb topilsa, tegişli javobgarlik çoralari qöllanilişi mumkin.