Tibbiy xizmatlarni reklama qilayotgan tadbirkorlik subyektlari qonun talablariga amal qilishga chaqirildi

Asosiy rasm

Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlarni reklama qilayotgan tadbirkorlik subyektlarini reklama qonunchiligi talablariga rioya etishga chaqirdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda tibbiy xizmatlar reklamasida “kasallikdan bir umrga xalos qilamiz”, “mutlaqo xavfsiz”, “3 kunda davolaymiz”, “hech qanday nojo‘ya ta’siri yo‘q”, “bizga kelgan bemorlarning barchasi sog‘aydi” kabi natija, xavfsizlik yoki samaradorlikni oshirib ko‘rsatuvchi iboralardan foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

Tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni va’da qilish, qarshi ko‘rsatmalar yoki organizmning individual xususiyatlarini inkor etuvchi ma’lumotlardan foydalanish amaldagi qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, tibbiy faoliyat uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmatlarni reklama qilish taqiqlanadi.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, iste’molchini chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan nomaqbul reklama taqiqlanadi. Qonunning 47-moddasiga asosan, nomaqbul reklama berganlik uchun 70 BHM miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.

Bundan tashqari, noto‘g‘ri reklama oqibatida iste’molchiga zarar yetkazilgan taqdirda, zarar to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha tizimli monitoring olib borilishini ma’lum qildi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring