Çegirmalar haqiqiyligini QR-kod orqali tekşiriş imkonini yaratiş taklif etilmoqda

Asosiy rasm

Raqobat qömitasi aksiya va çegirmalarni raqamli nazorat qiliş böyiça takliflar tayyorlamoqda.

Xaridorlarga QR-kod orqali mahsulotning avvalgi narxlari va çegirmaning haqiqiy miqdorini tekşiriş imkonini beriş közda tutilmoqda. Şuningdek, aksiya şartlarini oldindan elektron tizimda qayd etiş va narxlar tarixini raqamlaştiriş taklif etilmoqda.

Qömita 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasidagi 116 ta aksiya va çegirmani örganib, 65 ta muammo va kamçilik aniqlagan. Ayrim hollarda çegirmalar e’lon qilinganidan boşqaça qöllanilgan, şartlar töliq tuşuntirilmagan yoki ğoliblarga sovrinlar berilmagan.

Jumladan, Namanganda Cobalt yutib olgan fuqaro bilan telefon raqami notöğri terilgani sabab boğlanişolmagan va avtomobil boşqa şaxsga berilgan. Qömita aralaşuvidan söng maşina haqiqiy ğolibga qaytarilgan.

Örganişlar natijasida 59 ta kamçilik bartaraf etilgan, törtta tadbirkorlik subyektiga nisbatan iş qözğatilib, qaror va körsatmalar berilgan. Iste’molçilar foydasiga 250 million sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilingan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring